O‘zbekistonda jinnixonadan uch nafar bemor qochib ketdi

Obuna bo‘lish
Bemorlardan biri qochish bo‘yicha "professional" ekanligi qayd etilmoqda

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri ichki ishlar tizimidagi manbadan olingan xabar asosida.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko‘rdi
Hodisa bugun ro‘y bergan. Bemorlar haqida to‘liq ma’lumot hozircha berilmayapti.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ruhiy xasta bemorlar turli jinoyatlarda ayblangan bo‘lgan.

Ulardan biri o‘g‘irlik, ikkinchisi og‘ir tan jarohatini yetkazish, uchinchisi esa giyohvand vositalani o‘tkazish, badanga qasddan og‘ir tan jarohatini yetkazish va ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochish moddalari bo‘yicha ayblangan.

Bemorlar kasalxonadan qay tarzda qochib ketishgani noma’lum.

Sputnik muxbiri Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasiga qo‘ng‘iroq qilganida, telefon go‘shagini ko‘targan xodim hozircha bu borada izoh bera olmasligini ma’lum qildi.

Toshkent shahri bo‘yicha barcha postlar kuchaytirilgan, jinnixonadan qochgan bemorlar IIB xodimlari tomonidan qidirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0