Toshkentda ruhiy xastaliklar klinikasidan qochgan bemor qidirilmoqda

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik zakrivayet dver sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik zakrivayet dver sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bemorni ushlash maqsadida tezkor qidiruv rejasiga asosan barcha postlarda xizmat kuchaytirilgan tartibga o‘tkazilgan

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Toshkent shahar IIB bugun Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasidan qochgan uch nafar bemor haqida rasmiy xabar berdi.

Zaderjanie podozrevayemix v podgotovke teraktov v Moskve i Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Ruhiy xastaliklar klinikasidan qochganlarning ikki nafari qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, bugun tahminan soat 9:10 da Toshkent shahar IIBBga Olmazor tumani hududida joylashgan ruhiy xastaliklar shifoxonasidan 3 nafar bemor qochganligi haqida xabar kelib tushdi.

Ruhiy xastaliklar shifoxonasidan qochgan bemorlar:

1. Omonov Sherqul Safarovich, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismda nazarda tutilgan (o‘g‘rilik) jinoyatini sodir etgan;

2. Rashidov Ma’ruf Maxmudovich, Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan (qasddan badanga og‘ir tan jarohat yetkazish) jinoyatini sodir etgan;

3. Xamroyev Axror Tursunboyevich, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan (giyohvand moddalarni ko‘p miqdorda noqonuniy ravishda sotish) jinoyatlarini sodir etgan.

© GUVD g. TashkentaSbejavshie litsa, soderjavshiyesya v psixiatricheskoy bolnitse, zaderjani
Sbejavshie litsa, soderjavshiyesya v psixiatricheskoy bolnitse, zaderjani - Sputnik O‘zbekiston
Sbejavshie litsa, soderjavshiyesya v psixiatricheskoy bolnitse, zaderjani

Tezkor qidiruv harakatlar natijasida M.Rashidov, A.Xamroyev qo‘lga olindi. Sh.Omonovga nisbatan tezkor qidiruv harakatlar davom etmoqda.

Bemorni ushlash maqsadida tezkor qidiruv rejasiga asosan barcha postlarda xizmat kuchaytirilgan tartibga o‘tkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0