Mirziyoyev Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko‘rdi

© AFP 2023 / VIKTOR DRACHEVShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko‘rdi. Shifoxonaning tashqi va ichki ko‘rinishini tartibga keltirish, bu yerda ishlayotgan tibbiyot xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, xususan, ularni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti kuni bemorlar holidan xabar oldi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda Hazrati Imom jome masjidida Hayit namozi o‘qildi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Ramazon hayiti nishonlanmoqda - fotoreportaj
Ramazon oyi ma’naviy-ruhiy hayotimizda, jamiyatimizdagi o‘zaro ahillik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. O‘zbek xalqi azal-azaldan ushbu muborak kunlarda o‘zgalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatgan, bemorlar holidan xabar olgan, ko‘makka muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan. Bu an’ana mamlakatda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga ham uyg‘undir.

O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 20-iyundagi "Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qaroriga binoan ushbu ayyom ezgulik, xayru saxovat ruhida o‘tmoqda. Keksalar, bemorlar holidan xabar olinmoqda.

Ana shu an’anaga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko‘rdi.

Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi 1896-yilda qurilgan. Shifoxonada kasalliklar turi, davolash usullari, bemorlar holatiga ixtisoslashgan 18 bo‘lim tashkil etilgan. Klinik-biokimyo laboratoriyasi, rentgen, UTT, ensefalografiya, ekspertiza xonalari zarur vosita va malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan. Shifoxona Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ruhiy kasalliklar kafedralari uchun klinik baza hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyuldagi ruhiy-tibbiy xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid qaroriga muvofiq, shifoxonada qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. 2015-2016 yillarda 4 yangi bino foydalanishga topshirildi. Ikki qavatli yana bir korpus qurilmoqda.

Xospis - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda saratonga chalingan bemorlar uchun xospislar quriladi
Prezident shifoxona eski binolarini yangilash borasidagi loyihalar bilan tanishdi. Bemorlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

"Bemorlarga munosib sharoitlar yaratish kerak", dedi O‘zbekiston rahbari. Shifoxonaning tashqi va ichki ko‘rinishini tartibga keltirish, bu yerda ishlayotgan tibbiyot xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, xususan, ularni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Prezident, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Muruvvat" uyida ham bo‘lib, bemorlar uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi.

Internat uyi 1979-yilda qurilgan.

Bugungi kunda bino va uning konstruktiv elementlarining texnik holati ta’mirtalab. Davlatimiz rahbariga mazkur internat hududini kengaytirish va qo‘shimcha binolar qurish loyihasi haqida ma’lumot berildi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident: Shifokor bemor kelishini kutmasin, kasallikning oldini olsin
Internatda ruhiy kasal nogiron erkaklar davolanadi.

"Ulug‘ ayyom kunlari bunday savob ishlarni qilish, bemorlar holidan xabar olish har birimizning e’tiborimizda bo‘lmog‘i zarur", dedi Mirziyoyev.

Prezident mazkur shifoxona hududi yonida qo‘shimcha qurilish ishlari olib borish, kasalliklarning turiga qarab alohida binolar qurish va joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0