O‘zbekistonda maqom markazi tashkil qilinadi

© Sputnik / Balabanov / Mediabankka o‘tishReproduksiya portreta poetessi Mutribi, vipolnennogo Shamsroy Xasanovoy
Reproduksiya portreta poetessi Mutribi, vipolnennogo Shamsroy Xasanovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan o‘zbek milliy san’ati - Maqomni rivojlantirish uchun bir qator ishlar amalga oshiriladi.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “O‘zbek milliy san’ati maqomni rivojlantirish to‘g‘risida”gi  qarorni imzoladi, deb xbar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

O‘zbekistonda Maqom san’ati markazi tashkil qilinadi. Ushbu markaz maqomni o‘rganish va uni ommaviylashtirish bilan shug‘ullanadi.

Markaz maqomning mumtoz va zamonaviy audio va videoyozuvlarini jamlab, ulardan maqomning "oltin fondi" tashkil qiladi. Undan tashqari turli yo‘nalishdagi maqom ijrolari notaga solinib  ular ilmiy jihatdan o‘rganila boshlanadi. Maqom haqida o‘quv kitoblari va ilmiy-metodik adabiyotlar paydo bo‘ladi. Ularning yordamida maqom musiqa ta’limida alohida fan sifatida o‘rganila boshlaydi.

Shuningdek Maqom markazi ushbu sohada ishlayotgan musiqachilar, pedagoglar va olimlarga yordam berib turadi. Markaz yordamida respublikaning turli viloyatlarida konsert va master-klasslar, xalqaro tanlov va forumlar o‘tkazilib turadi.

Kreml saroyida o‘zbek madaniyati kunlarining ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekcha musiqa ostida butun Kreml saroyi raqsga tushdi

Ana shunday tadbirlardan biri, Shaxrisabzda ikk yilda bir marotaba o‘tkaziladigan Maqom san’ati xalqaro forumi bo‘ladi. Undan tashqari Oqsaroy maydonida maqom san’atiga bag‘ishlangan muzey va milliy musiqa asboblari laboratoriyasi tashkil qilinadi.

2018 yildan boshlanadigan tanlovda “Eng yaxshi maqom ijrochisi”, Eng yaxshi maqom kuy ijrochisi” Maqom san’atida eng yaxshi ustoz”, “Maqom san’atining eng yaxshi targ‘ibotchisi” va “Eng yaxshi yosh maqom ijrochisi” kabi nominatsiyalar tashkil qilinadi.

Maqom san’ati bilan shug‘ullanayotgan ijodiy kollektivlar, ansambllar 2023-yilga qadar barcha soliqlardan ozod qilinadi. Yaqin orada Maqom markazi o‘z binosiga ega bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0