Rossiyaning eng nufuzli konsert zallaridan biri — Kreml davlat saroyida bo‘lib o‘tgan, konsertda o‘zbek milliy musiqa namunalari, mashhur ruscha qo‘shiqlar va jahon operalari jarangladi. Sahnada mashhur O‘zbek xonandalari Muyassar Razzoqova, Ramiz Usmonov, Munojot Yo‘lchiyeva, Gulsanam Mamazoitova, Jenisbek Piyazov, Sevara Nazarxon hamda "O‘zbekistan", va "Navbaxor" ansambllari ijrosida betakror qo‘shiqlar jarangladi.
Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston opera va balet akademik Katta teatri artistlari ijrosida balet ham ijro etildi.
Konsert dasturining oxirida "Yalla" guruhi qo‘shiqlari ostida esa butun zal raqsga tushib ketdi o‘rindiqlar orasidagi yo‘laklarda bo‘sh joy qolmadi. O‘zbekiston madaniyati kunlari ana shunday yorqin va jozibador konsert dasturi bilan boshlandi.