TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Rossiya eksport markazi AJ (REM) o‘rtasida 100 million AQSh dollari miqdorida kredit limitini o‘rnatish va hamkorlik qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Bu haqda Milliy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, kelishuv REM guruhi ishtirokchisi – EKSAR tomonidan "Roseksimbank"ning "O‘zmilliybank" ishtirokida yuqori texnologiyali tovarlar va Rossiya ishlab chiqaruvchisi xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha kredit liniyasi hisobidan moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan sug‘urta qoplamasini ta’minlashni nazarda tutadi.
"REM guruhi eksport kreditlari va investitsiyalarining tadbirkorlar hamda siyosiy xavflardan sug‘urtasi bo‘yicha ijobiy tajribaga ega. Rossiyaning yuqori texnologiyali tovarlar va xizmatlarini yetkazish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi savdo aylanmasi doimiy ravishda oshib bormoqda. Kelishuvning imzolanishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi eksport aloqalarining bundan keyingi kengayishiga turtki beradi", – deydi REM kompaniyalari guruhi rahbari Potr Fradkov.
Imzolangan kredit kelishuvi "kafolatsiz" hisoblanadi, ya’ni hukumat kafolatini taqdim etishni talab qilmaydi.