Sirdaryo va Akmola viloyatlari o‘zaro hamkorlik memorandumi imzoladi

Obuna bo‘lish
Akmola viloyati hokimligida Sirdaryo viloyati hokimligining rasmiy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Sirdaryo viloyati va Qozog‘istonning Akmola viloyati o‘rtasida qator sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Akmola viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Passajiri vixodat iz samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Xabarda aytilishicha, Akmola viloyati hokimligida Sirdaryo viloyati hokimligining rasmiy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tomonlar ikki viloyat o‘rtasida iqtisodiyot va savdo, turizm, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzoladi.

Viloyat tadbirkorlik va sanoat boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilning yanvar-avgust oylarida Akmola viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 44 524,7 ming dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45,3 foizga ko‘pdir (2016 yil yanvar-avgust oylari — 28 778,5 ming dollar).

Yangiliklar lentasi
0