TOShKENT, 18 noya – Sputnik. "O‘zbekiston pochtasi" AJ plastik kartalar orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
"Mijozlarning xalqaro pul o‘tkazmalarini bank plastik kartalaridan yuborish masalasidagi ko‘plab murojaatlari bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarbayjon va Armaniston davlatlariga xalqaro pul o‘tkazmalarini naqd pulda hamda bank plastik kartalaridan amalga oshirish mumkin", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston banklari 1-dekabrdan xorijga pul jo‘natmalarini so‘mda jo‘natishni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingandi.