TOShKENT, 18 noya — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 17-noyabrdan boshlab Toshkent – Dushanbe va Dushanbe – Toshkent yo‘nalishlari uchun aviabiletlar narxi arzonlashganini e’lon qildi.
MAK matbuot xizmatiga ko‘ra, bir tomonga biletning yakuniy narxi barcha yig‘imlarni ichiga olgan holda 65 yevroga, Dushanbe – Toshkent – Dushanbe reysi uchun 130 yevroga teng bo‘ladi.
O‘zbekiston hududida aviachipta uchun to‘lov milliy valyutada to‘lov kungi Markaziy bank kursi asosida amalga oshiriladi.
Qayd etish joiz, keyingi paytda ushbu yo‘nalishda aviabiletlar narxi pasayishi kuzatilmoqda. Shu yilning 13 oktarbida ham "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviabilet narxini tushirgandi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Tojikiston poytaxtiga haftaning seshanba kunlari A320 samolyotlarida reyslarni amalga oshiradi.