Moskva viloyatida o‘zbekistonlik ayolning qizini olib qo‘yib onasiga qaytarishmayapti

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPolitsiya Rossii
Politsiya Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noyabr boshlarida o‘zbekistonlik ayolning 6 yoshli qizi tashqariga bir o‘zi o‘ynagani chiqib ketgan va uni politsiya xodimlari olib ketishgan

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Moskva viloyatining Klin shahrida politsiya xodimlari o‘zbekistonlik ayolning olti yoshli qizini olib qo‘ydi.

Vasiylik organlari ikki haftadan buyon bolani onasiga qaytarmayapti, qizcha hozirda Klin shahridagi ijtimoiy-reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.

Politsiya mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada o‘zbekistonlik ayolning bir yoshli qizini politsiya mahkamasi olib qo‘ydi

Qizchani 3-noyabr kuni olib ketishgan. Uning onasi Feruzaning aytishicha, uyda singlisi bilan qolgan o‘g‘lini ishga chaqirib qolishganida u shoshilib ishga ketgan va uyda yolg‘iz qolgan qiz bolalar maydonchasiga o‘ynagani chiqib ketgan. Politsiya xodimlari uni o‘sha yerdan olib ketishgan.

Vasiylik organi xodimlari voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiya qaror chiqarmaguniga qadar bolani onasiga qaytarishni rad etishmoqda. onaning aytishicha, ijtimoiy himoya markazida undan bolaga tegishli hujjatlarning asl nusxalarini olib qo‘yishgan, uyni tekshirgani kelgan vasiylik organi xodimlari esa uydagi sharoitlarni nomaqbul deb baholashgan.

"Menga bolam bilan psixolog ishtirokisiz gaplashishga ruxsat berishmayapti, qizcham qo‘rqib qolgan", — dedi ona.

Advokat, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatidagi oila hamoyasi bo‘yicha jamoat eksperti Anna Shvabauer Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda agarda bolaning hayoti bevosita xavf ostida bo‘lmasa vasiylik organi xodimlarining uni olib qo‘yishga haqqi yo‘qligini aytdi.

"Bizda olti yoshli bolaning ko‘chada o‘ynashi taqiqlanmagan. 6 yoshli bola tashqarida bir o‘zi yurganini bahona qilib uni ota-onasidan olib qo‘yish qonunga mutlaqo zid", — dedi Shvabauer.

IIV vakillari ushbu holat bo‘yicha izoh bera olishmadi, Sputnik O‘zbekiston tahririyati Moskva viloyati IIV bosh boshqarmasiga rasmiy so‘rov jo‘natdi va voqealar rivojini kuzatib boradi.

Yangiliklar lentasi
0