Moskvada o‘zbekistonlik ayolning bir yoshli qizini politsiya mahkamasi olib qo‘ydi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPolitsiya mashinasi
Politsiya mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda bir yoshli qizcha Moskvadagi 1-shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotibdi

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Moskva shahar Kunsevo TIIB xodimlari o‘zbekistonlik Nilufar Mamasaidovaning bir yoshli qizini tortib olishdi. Bu haqda nuz.uz xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, asli andijonlik bo‘lgan Nilufar ikki yildan buyon Moskvada yashaydi. Uning farzandi Rossiyada tug‘ilgan. Qizi tug‘ilganidan so‘ng Nilufarning turmush o‘rtog‘i deportatsiya qilingan. Ayol Moskvada qolgan va turli joylarda ishlagan. Oxirgi paytda u moskvalik keksa ayolni parvarish qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

2016 yilning 25-dekabr kuni Nilufar hujjatlari yo‘qolganligini bilgan. U hujjatlarini o‘zi bilan ijarada turgan qo‘shnilari o‘g‘irlab ketishganini taxmin qilgan. Shu kunning o‘zida Nilufar Kunsevo tumani IIBga hujjatlari o‘g‘irlangani yuzasidan murojaat qilgan. Tuman IIB xodimlari Nilufar Mamasaidova yashaydigan uyga borishgan va uning qizini ko‘rishgan. Ular bolaning ayolga tegishli ekaniga oid hujjatlar yo‘qligini ro‘kach qilishib, qizchani tortib olishgan va ayolning o‘zini uch kunga tergov izolyatoriga joylashtirishgan.

Ayni paytda bir yoshli qizcha Moskvadagi 1-shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotibdi. Onaning esa uch kun mobaynida sovuq xonada saqlangani tufayli o‘pkasi shamollagan. Ayolning advokati Bahrom Ismoilov qizchaning suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirgan.

Ayolning advokati Bahrom Ismoilovning aytishicha, hozirda Nilufar Mamasaidovaning hujjatlarini tiklash ustida ish olib borilmoqda.

"Nilufar ruhan ezilgan. Uch kun izolyatorda o‘tirgani uchun u qattiq charchagan. Bola ham kasalxonada onasisiz qiynalmoqda. Biz imkon boricha bu vaziyatni o‘nglashga va bolani onasiga qaytarishga harakat qilamiz", — degan Bahrom Ismoilov.

Yangiliklar lentasi
0