Rostrud o‘zbekistonliklar uchun Rossiyadagi vakansiyalar haqida ma’lumot joylashtiradi

© pixabayRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari shaxsiy kabinet orqali rezumelarini joylashtirishi, ish beruvchilar ro‘yxati bilan tanishishi mumkin

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. "Rabota v Rossii" portalida O‘zbekiston fuqarolari uchun bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar joylashtirib boriladi.

Ukazateli pered zdaniyem Sentra sodeystviya migrantam - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada 925 ming o‘zbekistonlik patent olib ishlamoqda

Fuqarolarni ishga tashkiliy jalb etish doirasida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining shaxsiy kabineti yaratiladi. O‘zbekiston fuqarolari shaxsiy kabinet orqali rezumelarini joylashtirishi, ish beruvchilar ro‘yxati bilan tanishishi, mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari haqida xabar qilishlari mumkin.

Samarqandda Rossiyada ishlashni istaydigan fuqarolar uchun ketishdan oldin tayyorgarlik markazi ochildi, deb xabar bermoqda Rostrud matbuot xizmati. Rostrudning aholi bandligi, ijtimoiy himoya va davlat kafolatlari loyihalarini tartibga solish, nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Dmitriy Fransev Rossiya hududida mehnat qilish uchun o‘zbekistonliklarni ishga tashkiliy jalb etish haqida kelishuv imzolanganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0