TOShKENT, 15 noya — Sputnik. 2017-yil 1-oktabr holatiga Rossiyada mehnat patenti asosida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari 925 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Rossiya IIVga tayanib "Jahon" AA xabar bermoqda.
Bundan tashqari, 21 mingdan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishmoqda.
O‘tgan haftada O‘zbekiston va Rossiya Yoshlar ittifoqlari o‘zaro loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzoladi. Tomonlar O‘zbekistonda II Rossiya-O‘zbekiston yoshlar forumini o‘tkazish va Rossiya-O‘zbekiston yoshlar biznes-inkubatorini tashkil etishni rejalashtirgan.
Oktabr oyida Moskva davlat dumasi migrantlar uchun mehnat patenti to‘lovi narxini 7%ga – 4500 rublga oshirish haqidagi loyihani birinchi o‘qishda ma’qulladi. Hozirda patent uchun bir oylik to‘lov 4200 rublga teng.