TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Toshkent shahar Sergeli tumanidagi uylardan birida bioinspeksiya xodimlari tomonidan Qizil kitobga kiritilgan yirtqich qushlar borligi aniqlandi, deb xabar qildi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Tadbir davomida jami 14 ta yirtqich qushlar: lochin, balaban, sapsan, burgut, ukkilar, qarchig‘ay borligi aniqlandi.
Ushbu yirtiq qushlarni saqlagan shaxsda tegishli ruxsatnomalar bo‘lmagan.
Hozirgi kunda ushbu huquqbuzarlik yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qushlar bioinspeksiyasi xodimlari tomonidan aniqlangan qushlar olib qo‘yilib, maxsus qo‘riqlanaligan joyga vaqtinchalik joylashtirildi.
Sud qarori qabul qilingandan so‘ng yirtqich qushlar tabiat bag‘riga qo‘yib yuboriladi.