Omborxona tomini yopish uchun 54 tup noyob Zarafshon archasiga bolta urgan mudir qo‘lga tushdi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qashqadaryoda xususiy do‘kon mudiri, omborxona tomini yopish maqsadida, bir necha yuz yil yashaydigan noyob o‘simlik - Zarafshon archasiga bolta urdi

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Qo‘shko‘l qishlog‘i hududida o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro Abdumurod Ibatov 54 tup noyob, bir necha yuz yil yashaydigan Zarafshon archasini o‘zboshimchalik bilan kesib, qurilayotgan xususiy savdo do‘koni omborxonasi tomini yopishga ishlatgani aniqlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ondatra - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ondatra brakonyerlari qo‘lga olindi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, "Qashqadaryo tijorat-savdo" mas’uliyati cheklangan jamiyatida mudir lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abdumurod Ibatov bu harakati bilan o‘simlik dunyosiga 68 million so‘mlik zarar yetkazgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida A.Ibatov o‘z aybiga iqror bo‘lmasdan ustunlar eski edi, ularning 32 tasini bir necha yil ilgari qishloqdoshim E.Xushvaqtovning molxonasi buzilgan paytda chiqqan yog‘ochlar orasidan olganman, deb turib olgan. Biroq ekspertlar noyob archa daraxti yangi kesilganini qayd etishgan.

O‘zboshimcha do‘kondorning aybi to‘plangan boshqa bir qator dalillar orqali ham o‘z isbotini topgan.

Sud hukmi bilan A.Ibatovga ikki yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, ammo amnistiya sabab, u tayinlangan jazodan ozod etildi.

Archalar kesilishi oqibatida yetkazilgan zarar ayblanuvchidan hududiy Bioinspeksiya hisobiga undiriladigan bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0