TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Tbilisida O‘zbekiston va Gruziya Tashqi ishlar idoralar delegatsiyalar o‘rtasida navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga asosan.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlik qilish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Shuningdek, Gruziya tomoniga BMTning Bosh assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston prezidentining nutqidagi dasturlar va Samarqandda bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusida xalqaro anjumanida ko‘rilgan asosiy masalalarning mazmun mohiyati yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, Nyu-Yorkda joriy yil sentabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekiston Gruziyaga avtomobillar, to‘qimachilik va elektr texnikasi mahsulotlari eksport qilish, Gruziya yo‘llari orqali jahon bozoriga chiqishdan manfaatdorligi hamda Gruziya O‘zbekistondan meva-sabzavotlar xarid qilish, vinochilik sohasida qo‘shma korxonalar tashkil etish istagida ekanligi ta’kidlangandi.