TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-Yorkda Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilini qabul qildi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.
Xabarda aytilishicha, 2017-yil 8 oyida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida tovar ayirboshlash 20 %ga oshgan.
Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, savdo uylari tashkil etish va qo‘shma ko‘rgazmalar o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.
"O‘zbekiston Gruziyaga avtomobillar, to‘qimachilik va elektr texnikasi mahsulotlari eksport qilish, Gruziya yo‘llari orqali jahon bozoriga chiqishdan manfaatdor. Gruziya mamlakatimizdan meva-sabzavotlar xarid qilishi, vinochilik sohasida qo‘shma korxonalar tashkil etishi mumkin", — deb yozilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Toshkentda Gruziya kino kunlari o‘tkazilgan edi. Avgust oyida esa Tbilisida ilk bor O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi.