TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘on AQShni Suriyaning Raqqa shahridan IDning o‘nlab terrorchilari olib chiqib ketilishiga aloqador deb hisoblaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Erdo‘g‘on Qo‘shma Shtatlar yer usti operatsiyalarida suriyalik kurdlar (YPG) bilan yonma-yon qatnashayotganiga e’tibor qaratdi. Turkiya ularni faoliyati taqiqlangan kurdiston ishchi partiyasiga aloqador terrorchilar deb hisoblaydi.
Turkiya prezidentining aytishicha, Vashington bronetexnika va boshqa qurollar bo‘lgan 3,5 mingta yuk mashinasi bilan ta’minlangan YPG jangarilariga pul to‘layotgani haqida ma’lumotlar bor.
Bundan tashqari, u AQShning Suriyada 13ta harbiy bazasi borligini bildirdi.
"Mazkur holatda AQShning bu ishda qatnashmayotgani, balki shunchaki kuzatib turgani haqidagi gaplari qanchalik ishonarli?", — dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga.
Turkiya rahbari Anqara Vashingtonga Raqqa va Manbijada IDga qarshi birgalikda kurashishni taklif qilganini, ammo Shtatlar "bir terrorchi guruh yordamida ikkinchisiga qarshi kurashni" afzal ko‘rganini aytdi.