Aholi fikri: O‘zbekiston uchun eng katta xavf – ekstremizm, korrupsiya va poraxo‘rlik

© AP Photo / Umida AkhmedovaLyudi progulivayutsya radom s sentralnim rinkom v Tashkente
Lyudi progulivayutsya radom s sentralnim rinkom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Diniy ekstremizm haqidagi xavotir oldingi yillardagiga nisbatan kamaygan

TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Aholining 64,1 foizi diniy ekstremizmni O‘zbekiston uchun eng katta xavf deb hisoblaydi. Bu haqda "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markaziga asoslanib RIA Novosti xabar qildi.

"O‘zbekiston uchun eng katta xavf borasidagi ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi bilan solishtirilganda, diniy ekstremizm haqidagi xavotir 2017-yilda 54,1 foizgacha pasaygan", — deyiladi "Ijtimoiy fikr" e’lon qilgan matbuot relizida. 2015 va 2016-yillarda xuddi shu mavzuda o‘tkazilgan so‘rovnomalarda mos ravishda 80 va 85 foiz ishtirokchilar diniy ekstremizmni eng katta xavf deb baholashgan.

Uzbekistansi vo vremya prazdnika - Sputnik O‘zbekiston
Jamoatchilik fikri: ideal oila bo‘lish uchun necha farzand bo‘lish kerak?

Diniy ekstremizmni eng katta xavf deb hisoblaydiganlar asosan Namangan va Farg‘ona viloyatlarida – 86,7 va 78,7 foiz.

So‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston uchun eng katta xavflar "uchligi"dan shuningdek korrupsiya va poraxo‘rlik(62,4%), ijtimoiy sohadagi muammolar — ishsizlik, narxlar, turmush darajasi (56,2%) joy olgan. Jinoyatchilik va giyohvandlikning oshishi so‘rovda ishtirok etganlarning 35,9 foizini tashvishga soladi.

So‘rovda qatnashganlarning 31,6 foizining fikricha, terrorizmga qarshi kurash O‘zbekiston kelajagini qurishda eng muhim vazifa hisoblanadi. Bunda tinchlik, barqarorlik, millatlararo va fuqarolar o‘rtasidagi hamjihatlik (92,1%), turmush darajasi va sifatini oshirish (66,4%), aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish birinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda tinchlik va xotirjamlikni saqlashning asosiy kafolati deb prezident (92,6%) e’tirof etilgan, ikkinchi o‘rinda armiya (58,2%), uchinchi o‘rinda hokimiyat organlari (26,3%) joylashgan.

So‘rov O‘zbekistondagi barcha viloyatlarda, Qoraqalpog‘iston hamda Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Unda 1,1 kishi qatnashgan, ulardan 41%i erkaklar va 59%i ayollar, shahar aholisi 51%, qishloq aholisi 49%. So‘rovda 18 yoshdan boshlab turli yosh toifalari vakillari ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0