Jamoatchilik fikri: ideal oila bo‘lish uchun necha farzand bo‘lish kerak?

Obuna bo‘lish
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar eng yaxshi oila uchun uch farzand eng ma’qul bo‘lishi hamda 22 yoshda birinchi farzandni dunyoga keltirish ma’qul deb hisoblaydi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari aholi o‘rtasida "reporduktiv salomatlik" va "reproduktiv huquq" tushunchalari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Tadqiqot tasdiqlashicha, o‘zbekistonliklar oilaning asosiy mazmuni va qadrini farzandlar deb biladi. Bu fikrni so‘rovnoma ishtirokchilarining 77,8 %i tasdiqlagan. Ko‘p farzandli oilalar borgan sayin kamayib borayotgan bo‘lsa-da, bugungi kunda har yetti oilaning biri to‘rt farzandga ega, o‘nta oiladan biri esa besh yoki undan ko‘p farzandlidir. 2016-yilda mamlakatda 726,8 ming chaqaloq dunyoga kelgan.

Bolalar poliklinikasi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandning qator tumanlarida oilaviy poliklinikalar paydo bo‘ladi

30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar oilada ikki farzandni afzal bilsa, 30 yoshdan kattalar esa uch farzandni xohlashadi. Shahar aholisi o‘rtasida so‘rovnomada qatnashganlarning 24,3 %i ikki farzandlilikni, 32,2 %i esa uch farzandlilikni qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi Nuz.uz.

Ushbu ko‘rsatkich qishloq hududlarida mutanosib tarzda 23,5 % va 37,8 %ni ko‘rsatdi. To‘rt farzandli bo‘lishni istaganlar esa shahar aholisining 31,0 %ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qishloq hududlarda 23,3 %ni ko‘rsatdi.

Har to‘rtinchi ayol birinchi farzandini 20-25 yoshda dunyoga keltirishi ma’qul deb hisoblaydi. Har uchinchi ishtirokchi onaning yoshi 22 da bo‘lishi ma’qullagan bo‘lsa, to‘rtinchi qatnashchi 23-25 ni ma’qul ko‘rdi. Juda ham kamchilik birinchi farzandni dunyoga keltirishda ayolning yoshi 18-19 bo‘lishini to‘g‘ri deb biladi.

Deti v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Yangi dastur: ota-onalarga - qo‘llanmalar, bolalarga - bog‘chalar

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayollarning reporduktiv salomatligini saqlashga Andijon viloyati (72,3%), Buxoro (71,2 %) va Samarqand (66,9 %) viloyatlarida e’tibor qaratishadi. Qashqadaryo viloyatida farzand ko‘rish o‘rtasidagi tanaffus bo‘lish kerakligi to‘g‘risida tushunchaga 39,2% aholi ega. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida atigi 36,0 %ni tashkil qiladi.

Reproduktiv salomatlik haqida tushunchalar faqat 36,5 % aholida mavjud, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan kam. Ayniqsa 18-19 yoshda bo‘lgan yoshlarda bu ko‘rsatkich juda past.

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari tadqiqot natijalariga ko‘ra, fuqarolar, ayniqsa yoshlarning huquqiy va tibbiyot bilimlar sifatini yanada oshirish zarurligi haqida tavsiyalar berdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0