Nazarboyev: O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar yuz bermoqda

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti mintaqa mamlakatlaridagi o‘zgarishlar ularning kelajagiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo kelajagiga nekbinlik bilan qaraydi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston Tengrinews.kzga tayanib.

Ministr inostrannix del Kazaxstana Kayrat Abdraxmanov - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston TIV rahbari: "Yaxshi qo‘shni og‘aynidan afzal"

Ostona klubining uchinchi yig‘ilishida Britaniyaning xalqaro xavfsizlikni tadqiq qilish guruhi direktori Rafaello Pantuchchining savollariga javob berar ekan, Qozog‘iston yetakchisi qo‘shni mamlakatlar haqida fikr bildirdi.

"O‘zbekistonda iqtisodiyot sohasida tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Atigi bir yil ichida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi chegaralar ochildi. Savdo hajmi 30 foizga oshdi, qo‘shma korxonalar yaratilmoqda, odamlar bir-birlarinikiga borishmoqda, madaniy almashuv yuz bermoqda. Tojikiston va Turkmanistonda ham shunday. Qirg‘izistonda yaqinda saylovlar bo‘lib o‘tdi. Men kelajakka yaxshi ko‘z bilan qarayman, bizning Markaziy Osiyomiz birga bo‘lishi, birlashishi darkor. Kimgadir qarshi emas, balki mamlakatlarimiz gullab-yashnashi, xalqlarimiz farovonligi uchun. Shunday bo‘lishiga umid qilaman", — dedi Nazarboyev.

Yangiliklar lentasi
0