Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori va moliya vaziri tayinlandi

Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida Erkabay Tadjiyev ishlab kelayotgan edi

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Rashid Nasrullayevich Rahmatov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda KRuz.uz.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot vaziri tuman hokimi etib tayinlandi

R.Rahmatov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida Erkabay Tadjiyev ishlab kelayotgan edi. U O‘zbekiston prezidentining farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, KRuz.uzning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Sadiqov Maxmud Saidaxmedovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

Maxmud Sadiqov o‘tgan yilning oktabrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0