TOShKENT, 5-may — Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda "Kruz.uz" xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Daniyarov Saylavbay Saparbay o‘g‘li Mo‘ynoq tumaniga hokim etib tayinlangan.
"S.Daniyarov bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Shu paytgacha Mo‘ynoq tumaniga Uteniyazov Qudaybergen Uzakovich hokim bo‘lib ishlab kelayotgan edi", deyiladi xabarda.
Ilgariroq Xo‘jayli va Nukus tumanlariga hokimlar tayinlangandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.