TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-noyabr kuni O‘zbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Shu nuqtayi nazardan, ichki ishlar organlarining kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Majlisda shuningdek, rahbarlar ma’naviyati masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakchi odamlarning bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosib shart-sharoit yaratib berish, og‘irini yengil qilish uchun rahbar etib tayinlanadi. Barcha bo‘g‘indagi rahbarlar — u vazir yoki hokim bo‘ladimi, idora yoki tashkilot boshlig‘i bo‘ladimi, o‘zining odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga o‘rnak va namuna bo‘lishi zarurligi alohida ta’kidlandi.