Kelajak transporti: O‘zbekistonda elektromobil savdo xizmati paydo bo‘ldi

© JEAN-CHRISTOPHE VERHAEGEN / AFPElektromobil "Smart"
Elektromobil Smart - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ecars internet saytida o‘ndan ortiq elektromobil modellari havola etilgan. Ushbu saytda mashina ishlab chiqarilgan yili, bosib o‘tgan masofasi, kuzov va salon rangi bilan tanishish mumkin

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekistonda elektromobillarni savdo — Ecars internet xizmati paydo bo‘ldi. Nuz.uz internet nashri xabariga asosan.

Peugeot - Sputnik O‘zbekiston
Peugeot-Citroen zavodi muddatidan oldin ishga tushadi

Endi Ecars internet sayti orqali elektromobil narxlari, texnik xususiyatlari bilan tanishish mumkin. Shuningdek, anketani to‘ldirib, mashinaga buyurtma berish imkoniyati mavjud.

Ecars internet saytida o‘ndan ortiq elektromobil modellari havola etilgan. Ushbu sayt orqali mashina ishlab chiqarilgan yili, bosib o‘tgan masofa, kuzov va salon rangi bilan tanishish mumkin.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, saytda sotuvga asosan AQShda ishlab chiqarilgan va avval foydalanilgan avtomashinalar qo‘yilgan. Mashinalar kompaniya xodimi tomonidan savdo auksionida sotib olinadi va suv transportida Vladivostok shahriga yetkaziladi. U yerdan temir yo‘l orqali O‘zbekistonga keltiriladi.

Mashina egalariga mashina buyurtma qilingan kundan boshlab, 55 kun ichida yetkaziladi.

"Elektromobillar — bu kelajak transportidir. Mashina tejamkor, ekologik toza va juda qulay. Ularga talab bor, shuning uchun biz maxsus sayt ochdik. Saytda qiziquvchilar kerakli ma’lumotlar bilan tanishib, yoqqan avtomashinani tanlab, buyurtma berishi mumkin. Boshida biz avval foydalanilgan mashinalarni sotishga qaror qildik. Chunki bugungi kunda yangi avtomashinaning narxi bojxona to‘lovlari bilan birga hisoblanganda, mashina umumiy narxining 56 foizini tashkil qiladi, bu juda qimmat", — deb izoh berildi kompaniya tomonidan.

2060 yilga kelib jahon avtoparki hajmida elektromobillarning ulushi 65 foizni tashkil qiladi.

"2060 yilga kelib jahonda 65 foizgacha elektr avtomobillaridan foydalaniladi degan taxminlar bor", — deydi IHS Markit raisi o‘rinbosari Deniyel Yergin.

2025 yilda 2016-yildagi ko‘rsatkich bilan solishtirganda, butun dunyoda yo‘lovchi elektromobillarni sotilishi 14,2 million mashina yoki 6 baravarga ortadi. Bu o‘z navbatida Wood Mackenzie kompaniyasi yetakchi tadqiqotchisi Shon Mulshou taxminiga ko‘ra, elektromobillar ko‘payishi elektr quvvatlagichlarda ishlab chiqarishda foydalaniladigan — nikelning taqchilligiga olib kelishi mumkin.

Elektrokar Tesla - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga birinchi Tesla elektromobili yetib keldi
"Elektromobillar soni ko‘payishi borasidagi tahminlar juda farqlanadi. Wood Mackenzie bashoratlariga qaraganda, elektromobillar sotuvi 2016-yilda 2,4 millionga yetsa, 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 14,2 milliongacha ko‘payishi mumkin. Akkumulyatorlar quvvati — 26 gigavatt/soat dan 215 gigavatt-soatga ortadi. Bu quvvatdagi ko‘plab batareyalar o‘z tarkibiga nikelni qamrab oladi", — deyilgan "A demanding supply problem for nickel" maqolada.

Elektromobil — bu bir yoki bir nechta elektr dvigatellar (energiya manbaalari ta’minlovi asosida) yordamida harakatga keltiriladigan avtomobildir (ichki yonuv dvigateli emas).

Elektromobillarni ichki yonuv dvigateli avtomashinalar, shuningdek elektr energiya yordamida harakatlanuvchi trolleybus va tramvaylardan farqlash kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil iyul oyida O‘zbekistonga shveysariyalik sayyohlar "mo‘jiza mashinasi" — Tesla elektromobillida yetib kelishgandi.

Yangiliklar lentasi
0