TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Shveysariyalik sayyohlar O‘zbekistonga Tesla elektromobilida yetib keldilar. O‘zbekistonda elektromashina harakati Facebook ijtimoiy tarmog‘i "Voditeli Tashkenta" guruhida faol muhokama qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari elektromashina rasmlari bilan o‘rtoqlashmoqda hamda uning respublika shaharlari bo‘yicha harakatini kuzatmoqdalar.
"Ajoyib, qanday qilib bu mashina O‘zbekistongacha yetib keldi. Eng qizig‘i — mashina tovush chiqarmasdan harakat qilar ekan", — deb fikr bildirmoqda haydovchilar.
Avvalroq haydovchilar Tesla avtomobilini Toshkent shahridagi traktor zavodi oldida ko‘rishgan. O‘tgan haftada Samarqand shahrida bo‘lgan. Hozir esa avtomashina Buxoro shahriga kelgan.
Sayyohlarning marshruti Markaziy Osiyo va Rossiya hududi orqali o‘tadi. Shveysariyalik sayyohlar o‘z vatanlariga Skandinaviya orqali qaytishni rejalashtirganlar.
Ma’lumot uchun: Ushbu turdagi elektromashina ilk bor 2012-yilda amerikalik Tesla kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Elektromashinaning narxi 70-100 ming dollar atrofida. 2014-yil 1-choragida dunyo bo‘yicha 32 ming dona Tesla S rusumli elektromashinasi sotilgan.
Revolta Motors mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2014-yilda Rossiyaga faqat 170-180 dona elektromashina olib kirilgan. Bugungi kunda Tesla elektromashinasi elektr zaradlashsiz 418 km bosib o‘tishi mumkin.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.