O‘zbekiston va "Simens" qator sohalarda hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishZdanie kompanii Siemens
Zdanie kompanii Siemens - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati va "Simens" sanoat, shahar infrastrukturasi, energetika va sog‘liqni saqlash sohalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qator shartnomalar imzoladi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Munxenda "Simens" kompaniyasi bilan turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator hujjatlarni imzoladi. Bu haqda "Simens" matbuot xizmati xabar berdi.

Ofis kompanii Siemens v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
"Simens" O‘zbekistonda zavod qurish masalasini muhokama qildi

Xususan, tomonlar "Xavfsiz shahar" konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi. O‘zbekiston shahar infrastrukturasi va transport xo‘jaligi obyektlarida yong‘in xavfsizligi, evakuatsiya tizimlarida kompleks yechimlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilinadi. Shuningdek, elektr tarmoqlari modernizatsiyasida "aqlli tarmoqlar" (Smart Grid) texnologiyasidan foydalaniladi.

Bundan tashqari, "Simens" " UNGM-DR servis markazi" qo‘shma korxonasi xodimlari malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi. Hozirda qo‘shma korxonada O‘zbekistonning neft-gaz, kimyo va neft-kimyo sohalarida ishlatiladigan uskunalar ta’mirlanadi va diagnostika qilinadi.

Yana bir hujjat O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va "Simens Sog‘liqni saqlash" kompaniyasi o‘rtasida imzolandi. Tomonlar tibbiyot, fan va tibbiyot muassasalarini jihozlash yo‘nalishida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutishmoqda. Xususan, respublikada onkologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya va travmatologiya sohalarida qo‘shma klinika tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0