"Simens" O‘zbekistonda zavod qurish masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishOfis kompanii Siemens v Moskve
Ofis kompanii Siemens v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya vakillari Qashqadaryo viloyatida sun’iy yonilg‘i ishlab chiqarish zavodi qurishni rejalashtirmoqda

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. "Simens" kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyodagi prezidenti Ditrix Moller rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.
Tashrif doirasida delegatsiya O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi va energetika, sanoat hamda boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Nefteperabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Enter Engineering kompaniyasi Jizzaxda neftni qayta ishlash zavodi quradi

Delegatsiya vakillari "O‘zbekneftegaz" MXK boshqaruv raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Sayidov bilan kelgusidagi texnologik hamkorlik va Qashqadaryo viloyatida sun’iy suyuq yonilg‘i ishlab chiqarish zavodi qurish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, "O‘zbekenergo" AJ vakillari bilan uchrashuvda Sirdaryo issiqlik elektrostansiyasini modernizatsiya qilish, mamlakat elektr tarmoqlari xo‘jaligida Smart Grid texnologiyalaridan foydalanish va shamol energetikasini rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

"O‘zbekiston Temir Yo‘llari" AJ rahbariyati bilan uchrashuvda temiryo‘llarni avtomatlashtirish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi.

"Biz O‘zbekistonni istiqbolli bozor deb bilamiz va nafaqat energetika, balki sanoat, transport, binolar xavfsizligi va avtomatlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirmoqchimiz. Hamkorlikning barcha yo‘nalishlari shu yilning iyulida Berlinda bo‘lib o‘tgan Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi davomida O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi imzolagan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumda aks etgan", — dedi "Simens" kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyodagi prezidenti Ditrix Moller.

Yangiliklar lentasi
0