O‘zbekistonga keluvchi turistlar uchun beriladigan vizalar miqdori 24%ga oshdi

Obuna bo‘lish
2017 yilning 9 oyi mobaynida TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan jami 308 879 ta konsullik amallari bajarildi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. 2017-yilning yanvar-sentabr oylari davomida 224 022 nafar chet el fuqarolariga, shu jumladan, 96 752 nafar sayyohlarga va 32 898 nafar tadbirkorlarga O‘zbekistonga kirish vizalari berildi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Turkiya fuqarolari uchun kirish vizasi olish osonlashtirildi

2016 yilning shu davriga nisbatan berilgan vizalar umumiy soni 21%ga, shu jumladan, berilgan sayyohlik vizalari 24%, tadbirkorlik vizalari 27%ga oshdi.

2017 yilning 9 oyi mobaynida TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan chet el fuqarolariga O‘zbekistonga kirish vizasini berish, biometrik pasportni almashtirish/berish, vatanga qaytish to‘g‘risidagi guvohnoma berish, fuqarolik holatini qayd etish, notarial xizmat ko‘rsatish va boshqa masalalar bilan bog‘liq jami 308 879 ta konsullik amallari bajarildi.

Eng ko‘p konsullik harakatlari O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston (55 938), Rossiya (25 866), Turkmaniston (17 005), Qozog‘iston (16 381), Janubiy Koreya (13 874), Germaniya (13 376), Xitoy (12 603) va Hindistondagi (11 925) elchixonalarida amalga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0