Turkiya fuqarolari uchun kirish vizasi olish osonlashtirildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga ishbilarmonlik yoki sayyohlik maqsadida kelayotgan Turkiya fuqarolari uchun vizalar uch kun ichida rasmiylashtiriladigan bo‘ldi.

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni “Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza olish jarayonini osonlashtirish to‘g‘risida”gi 3347-sonli qarorni imzoladi, deb xabar qilmlqda Davlat Turizm qo‘mitasi.

Proyekt delovogo sentra Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
"Tashkent City" turk arxitektorlari rejasi asosida quriladi

Bundan buyon O‘zbekistonga bir yilgacha muddatga kelayotgan Turkiya fuqarolariga ko‘p martali vizalar uch kun ichida rasmiylashtiriladi. Shu bilan birga, O‘zbekistondan jimoniy yoki yuridik shaxsdan taklifnoma yuborish talabi bekor qilindi.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, u O‘zbekiston va Turkiya orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekistonga bir oygacha muddatga, sayyohlik maqsadida kelayotgan Turkiya fuqarolari ham uch kun ichida viza olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan buyon turistik vaucher va taklifnoma talab qilinmaydi.

Yangiliklar lentasi
0