Toshkentdagi kollejda ikki o‘quvchi pichoqlandi: bir o‘quvchi vafot etdi

Obuna bo‘lish
Bugun ertalab kollej oshxonasida 3-bosqich o‘quvchilari gap talashib qolishgan

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Bugun 1-Toshkent yuridik kolleji oshxonasida ikki o‘quvchiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan, deb xabar bermoqda telegraf.uz. Xabarda aytilishicha, bir o‘quvchi shifoxonada vafot etgan, ikkinchisi shifoxonada tibbiy yordam olib yotibdi.

Molotok sudi v zale suda - Sputnik O‘zbekiston
Islom To‘laganov: Jasurni o‘ldirmaganman

Tafsilotlarga ko‘ra, bugun ertalab kollej oshxonasida 3-bosqich o‘quvchilari S.Saidvohidov va R.Yorqoriyev o‘zaro gap talashib qoladi. Ushbu janjalni o‘zaro hal qilib olish uchun bu ikkisi, A.Parpiboyev va boshqa o‘quvchilar oshxonaning orqa tomoniga chiqishadi. Gap talashib turgan paytda S.Saidvohidov yonidagi pichoq bilan avval Yorqoriyevning chap oyog‘iga, keyin esa Parpiboyevning chap oyog‘iga jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketadi.

A.Parpiboyev RShTOIM bolalar jarrohlik bo‘limida olamdan o‘tgan.

R.Yorqoriyev ayni damda shifoxonada davolanmoqda.

S.Saidvohidov ushbu jinoyat ishi bo‘yicha gumondor hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0