TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Joriy yilning 12-16 noyabr kunlari Turkmanistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi, shu munosabat bilan O‘zbekiston madaniyat va san’at olamining 60 dan ziyod vakillaridan iborat delegatsiya Turkmanistonga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi "O‘zbekkino" milliy agentligi matbuot-xizmati.
Delegatsiya a’zolari qo‘shni respublikaning Ashxabod va Dashouz shaharlarida bo‘lib o‘tadigan qator rasmiy va madaniy tadbirlarda qatnashadilar.
Jumladan, madaniyat kunlari dasturidan Turkmaniston madaniyat vazirligida uchrashuv, Turkmaniston davlat milliy muzeyi va turkman gilamlari milliy muzeyiga tashrif, o‘zbek — turkman ziyolilari uchrashuvi, o‘zbek san’ati ustalarining konserti hamda madaniyat kunlarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari o‘rin olgan.