TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda yuridik xizmatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi yaratildi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Adliya vazirligiga davlat tuzilmalarida yuridik xizmat xodimlari bo‘sh o‘rinlari haqda yagona bazasini yaratish to‘g‘risida topshiriq bergandi.
Bo‘sh ish o‘rinlar ro‘yxati Adliya vazirligi rasmiy saytida yangilab boriladi.
Mazkur dasturda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarida faoliyat yuritayotgan 3 mingdan ortiq xodimlar to‘g‘risida shaxsiy ma’lumotlar, ularning attestatsiyadan o‘tganligi va malaka oshirganligi hamda martaba darajalariga ega ekanligi hamda vakant joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Bugungi kunda Adliya vazirligi saytida Namangan viloyati adliya boshqarmasi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon joylashtirilgan.