TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Qur’o va arab tilini o‘rganish bo‘yicha pullik o‘quv kurslar ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining 13-noyabrdagi buyrug‘ida aytilgan. "UzNews" xabariga asosan.
Hujjatda qayd etilishicha, kurs 1-dekabrdan boshlanib, 6 oy davom etadi.
O‘qish narxi 1,5 million so‘mni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, bitta o‘quv guruhida odamlar soni 15 nafardan oshmasligi kerakligi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda so‘zlagan nutqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarga ilm-ma’rifat, islom dinining asl qadriyatlarini yetkazish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tgandi.
Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi galda yoshlarni ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi.
Bu borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik", — qayd etdi Mirziyoyev.