Jasur Ibrohimov ishi: To‘laganovning advokatlari sud hukmiga norozilik bildirishdi

© Dilshoda RaxmatovaPreniya advokatov, delo Jasura Ibragimova
Preniya advokatov, delo Jasura Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuristlar qayta sud surishtiruvi o‘tkazilishini va himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan chiqarilgan hukm o‘zgartirilishini talab qilishmoqda.

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Jasurbek Ibrohimovning o‘limida aybdor deb topilgan Islombek To‘laganovning advokatlari qayta tergov o‘tkazilishini talab qilishmoqda va jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsion shikoyat jo‘natishdi, deb yozadi NUZ.UZ.

Apellyatsiya shikoyatida sudlanuvchining himoyasi Mirobod tumani sudi qaroriga qo‘shilmasligi va yuqori instansiyaga shikoyat qilishi bildirilgan.

Islom Tulaganov - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimov ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi

Yuristlar qayta sud surishtiruvi o‘tkazilishini va himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan chiqarilgan hukm o‘zgartirilishini talab qilishmoqda. Ular bo‘lib o‘tgan voqeada janjalni boshlagan marhum Jasurbek Ibrohimov hamda uning hayotini saqlab qololmagan shifokorlar aybdor deb hisoblashmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 1-dekabr kuni apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha birinchi majlis bo‘lib o‘tadi.

Jabrlanuvchi tomon ham tez orada janjalning boshqa ishtirokchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish borasida prokuraturaga hujjat topshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 30-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi Borovskiy nomli kollej talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan hukm e’lon qildi. Ushbu ishda asosiy gumondor bo‘lgan Islombek To‘laganov Jasur Ibrohimovga o‘limga olib keluvchi og‘ir tan jarohati yetkazishda aybdor deb topilib, olti yil muddatga umumiy tartibdagi koloniyada jazo muddatini o‘tashga hukm qilindi.

Yangiliklar lentasi
0