TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Tbilisida 14-15 fevralda bo‘lib o‘tadigan "Gidroenergetika. Kaspiy va Markaziy Osiyo — 2018" xalqaro konressida ishtirok etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan "O‘zbekgidroenergo" AJ va uning tarkibidagi tuzilmalar vakillari joy oladi.
"Gidroenergetika. Kaspiy va Markaziy Osiyo" kongressi mintaqa (Gruziya, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston) vakillarining o‘zaro muloqot, tajriba almashish maydoni bo‘lib, gidroelektrostansiyalarni qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish borasida yechimlar topish va hamkorlikda harakat qilish masalalari muhokama qilinadi.
Kongress birinchi bor 2017-yil 15-16 fevralda o‘tkazilgan bo‘lib, unda yaqin va uzoq xorijdan yuzdan ortiq ekspertlar, energetika sohasida faoliyat yurituvchi xususiy va davlat sektorlari vakillari ishtirok etgan.
Sputnik Gruziya xalqaro axborot agentligi va radiosi "Gidroenergetika. Kaspiy va Markaziy Osiyo — 2018" xalqaro kongressining axborot hamkori hisoblanadi.