Qozog‘iston hukumati vakili 65 mln yevroga xonadon sotib oldi

© AFP / FRANCOIS GUILLOTObshiy vid na Parij
Obshiy vid na Parij - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston hukumati vakili Parijda beshta yotoqxonasi, SPA-hududi va maxsus bombapanohi bo‘lgan uy sotib oldi

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Qozog‘iston hukumati vakili Parijda 65 million yevroga (25 milliard tenge) umumlashgan apartamentlarni sotib oldi, deb xabar berdi Mansion Global ko‘chmas mulk agentligi sayti.

Agentlikning bergan ma’lumotiga ko‘ra, yuqori darajadagi xavfsizlik bilan ta’minlangan ko‘chmas mulkning maydoni 1200 kvadrat metrni tashkil etadi. Xonadonda beshta yotoqxona, beshta vannaxona, SPA-hudud va xizmatchilar xonalari bor. Shuningdek, uning ichida maydoni 55 kvadrat metrli bombapanoh bo‘lib, o‘q o‘tmaydigan oynalar o‘rnatilgan.

Nyu Yorkda birja binosi - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo millionerlari qaysi mamlakatlarga ko‘chib o‘tmoqda?

Xonadon sotuvi belgiyalik rieltor Ignas Muvissen tomonidan amalga oshirildi, deb yozadi Sputnik Qozog‘iston. Saytning yozishicha, uning Moskvadagi ko‘chmas mulk agentligi sobiq sovet respublikalaridagi xaridor va sotuvchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Mansion Global bilan suhbatda ushbu ko‘chmas mulkni sotgan shaxs Rossiya investitsiya kompaniyasi rahbari ekanligini aytdi. U binodagi oltita xonadonni birlashtirib yagona xonadonga aylantirgan.

Hashamatli xonadon Yelisey maydoni yaqinidagi ko‘chada joylashgan. Uning derazasidan bir tun yotish 20 ming dollar turadigan tarixiy Plaza Athénée mehmonxonasi ko‘rinib turadi.

Muvissen xaridorning Qozog‘iston hukumati vakili ekanligini ma’lum qildi, lekin uning kimligini aytmadi. Uning aytishicha, ushbu xarid 2017-yilda Parijdagi eng yirik xarid bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0