TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi, deb xabar berdi O‘FF matbuot xizmati.
Terma jamoa a’zolari Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligida "Al-Ayn" futbol klubi stadionida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishdi.
Eslatib o‘tamiz, BAA va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 14-noyabr kuni Al-Ayn shahridagi "Xalifa Bin Zayd" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Shu yilning oktabrida Qarshining "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston terma jamoasini vaqtinchalik boshqarib turishi e’lon qilingandi.
Berdiyev BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida legionerlar xizmatidan foydalanmay, asosiy e’tiborni yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazishga qaratganligini ma’lum qilgan.