TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini xorijdan mutaxassis topilguniga qadar "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev vaqtincha boshqaradi. Bu haqda SPORTS.uz axborot portali ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi iste’foga chiqarilgan va O‘FF rahbariyati terma jamoa boshqaruviga xorijlik murabbiy olib kelinishi haqida aytib o‘tgandi.
Portalda yoxilishicha, noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Qatarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi Berdiyev uchun terma jamoadagi debut o‘yini bo‘lishi mumkin.