TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.
Ilgari sinov loyihasi doirasida xususiy operatorlar gaz ta’minoti bo‘yicha tuman (shahar) filiallari yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz bilan ta’minlash obyektlarini boshqarishlari mumkin edi.
O‘zbekiston prezidentining 13-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, 2017-yil 20-apreldagi "Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror o‘z kuchini yo‘qotdi.
Prezident qaroriga muvofiq, elektr energiyasi va gaz nazorati hamda hisob-kitobini avtomatlashtirilgan tizimini yanada joriy etish uchun 2 million dona elektr va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy ta’minot, qo‘shimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnik vositalar sotib olinadi.