O‘zbekiston Ispaniya bilan iqtisodiyot va sanoat sohasida hamkorlik qiladi

© MID UzbekistanaUzbekistan i Ispaniya zaklyuchili memorandum o sotrudnichestve v oblasti ekonomiki i promishlennosti, a takje soglashenie o sotrudnichestve mejdu torgovo-promishlennimi palatami gosudarstv
Uzbekistan i Ispaniya zaklyuchili memorandum o sotrudnichestve v oblasti ekonomiki i promishlennosti, a takje soglashenie o sotrudnichestve mejdu torgovo-promishlennimi palatami gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyada bo‘ldi

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida iqtisodiyot va sanoat sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum hamda ikki davlat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Posolstvo Ispanii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Ispaniya qirolligining viza markazi ochildi

Bitim O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyaning Madrid shahrida Ispaniyaning savdo bo‘yicha davlat kotibi Mariya Luisa Ponsela bilan uchrashuvi davomida imzolandi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, muzokaralar davomida hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv va shu kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forumda iqtisodiyotning turli sohalarida birgalikdagi va o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirishning istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Ispaniya investitsion aloqalarni kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi va nomenklaturasi ko‘paytirish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘lib, 2017-yilning yanvar-iyul oylarida bu ko‘rsatkich 71,5 mln dollarni tashkil etdi.

Yangiliklar lentasi
0