TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston fuqarolariga viza taqdim etish bilan shug‘ullanadigan Ispaniya viza markazi ochildi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.
Endilikda o‘zbekistonliklarga Ispaniyaga viza olish uchun Moskvaga borishga hojat qolmaydi.
BLS International Services Tashkent Ispaniya qirolligi viza markazi Ispaniya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligining vakili hisoblanib, viza xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Bu Markaziy Osiyodagi dastlabki mana shunday markaz bo‘lib, keyinchalik mintaqadagi barcha davlatlarga viza xizmatlari ko‘rsatish rejalashtirilgan.
BLS International Services Ltd viza olish, pasport, konsullik xizmatlari, hukumatlar va diplomatik missiyalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan dunyodagi yirik kompaniyalardan hisoblanadi.