Yangi tayinlov: Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odilxon Rustamov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Odilxon Bakiyevich Rustamov Toshkent viloyati hokimining Sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar qilindi viloyat hokimligining rasmiy saytida.

Oqbo‘tayev Himmat Qo‘chqorovich - Sputnik O‘zbekiston
Mas’uliyatsizlikda ayblanib, ishdan olingan Oqbo‘tayev yana rahbarlik vazifasiga qaytarildi
Rustamovgacha ushbu lavozimda Mahmud Sotivoldiyevich Abdurahmonov ishlab kelayotgandi, deb yozadi "Uz24" nashri.

Odilxon Rustamov 2001-2005 yillarda Toshkent shahar Chilonzor, Uchtepa tumanlari davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2005-2009 yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Xorazm va Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmalari boshlig‘i, 2009-yilning martidan 2016-yil martiga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2016 —2017 yillarda "O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasiga raislik qilgan. Joriy yilning iyul oyidan Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi lavozimida ish boshlagan.

 

Yangiliklar lentasi
0