O‘zbekistonda metro yo‘lkira haqi arzonlashi to‘g‘risidagi ma’lumot rad etildi

Obuna bo‘lish
Toshkent metropoliteni tomonidan yo‘lkira haqi arzonlashi to‘g‘risida ma’lumotni rasmiy ravishda rad etdi

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Toshkent metropoliteni tomonidan yo‘lkira haqi arzonlashi to‘g‘risidagi ma’lumotni rasmiy ravishda rad etdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ispaniya Qiroli Xuan Karlos I va qirolicha Sofiya Toshkent metrosiga tashrifi. - Sputnik O‘zbekiston
Yer ostidagi mo‘’jiza - Toshkent metrosi 40-yillik yubileyini nishonladi

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ayrim mahalliy OAV vakillari metrodagi imtiyozlarni noto‘g‘ri talqin qilishgan. Jumladan, Xalqaro Press-klub yig‘ilishida yo‘lovchi kartochkalar bo‘yicha aytilgan imtiyozlarni jurnalistlar yo‘lkira haqi arzonlashi sifatida noto‘g‘ri qabul qilishgan.

"2016 yil 1-oktabrdan metroda yangi oylik yo‘lovchi kartochkalari joriy etilgandi. Bir dona oylik yo‘l kartochkasida 180-martalik yo‘l chiptalari, 23 foizlik chegirmaga ega. Boshqacha qilib aytganda, oylik yo‘l kartochka egalari o‘tgan yili joriy etilgan 23 foizlik chegirma hozirgi kunda yo‘lkiraning — 1200 so‘mni tashkil qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, oylik yo‘l kartochka egasi bir martali yo‘lkira haqi 924 so‘mga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, joriy yil 15-martdan boshlab pensionerlar metroda har kuni soat 10-00 dan 16-00gacha bepul yurishlari mumkin", — deyilgan kompaniya tomonidan.

Tashkentskoe metro - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metrosi - yer ostidagi mo‘’jiza
Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi tatbiq etilmoqda. Loyihaning dastlabki bosqichida Mustaqqillik maydoni metro bekati test sinovlari tariqasida maxsus turniket va bir martalik chipta sotuvchi avtomatlar bilan jihozlandi. Shuningdek, barcha bekatlarni metal qidirish uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Bugungi kunda metropoliten 3 ta chizig‘dan iborat bo‘lib, jami 29 bekatni o‘z ichiga oladi. Ularning umumiy uzunligi 39,2 kmni tashkil qiladi. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan metro qurilish loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi.

Yunusobod tumanida ikki bekat qurilish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Shuningdek, Sergeli tumanida yangi "yengil" metro yo‘li barpo etilmoqda. Ushbu yo‘l 6 ta bekatdan iborat bo‘ladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida yer usti xalqa metro liniyasini barpo etish bo‘yicha ishlari izchil davom ettirilmoqda. Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro yo‘nalishining 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o‘tkaziladi, 1,6 kilometri esa yer ustida quriladi.

Yangiliklar lentasi
0