O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalar kursini yangiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki 14-noyabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 14 noyabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Jenshina schitayet banknoti posle obmena valyuti v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi yangilandi

O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda dollarning rasmiy kursi 1,67 so‘mga ko‘tarilib, 8069,29 so‘mni tashkil qildi.

Yevroning kursi 35,83 so‘mga tushib, 9403,14 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 36 tiyinga arzonlashib, 136,26 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab erkin konvertatsiya joriy etilgandi.

Markaziy banki rahbariyatining ma’lum qilishicha, jismoniy shaxslar tomonidan sentabr-oktabr oylari davomida banklar orqali yarim milliard dollardan ortiq mablag‘ almashtirildi. Eksport qiluvchilarning valyuta sotuvidan tushgan foydasi ikki baravarga ko‘paydi.

Yangiliklar lentasi
0