TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Samarqand viloyatining yangi hokimi Turobjon Jo‘rayev tomonidan olib borilgan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri viloyat hokimligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimi T.Jo‘rayev sessiya davomida so‘zlagan nutqida kattaqo‘rg‘onliklar har bir sohada yuqori bilim va tajribaga ega ekanligini alohida e’tirof etib o‘tgan.
Shundjan so‘ng Xudoyberdi Azzamov sog‘ligi tufayli Kattaqo‘rg‘on hokimi vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rnini shu kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yana bir sessiyada Qo‘shrabot tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan A’zamxon Bahromov egallagan.