Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyatiga hokim bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Turobjon Jo‘rayev 2017-yil 12-iyun kuni sobiq hokim Himmat Oqbo‘tayev o‘rniga Samarqand viloyati hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan edi

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Turobjon Ikromovich Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mavzoley Islama Karimova v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Turobjon Jo‘rayev Moliya vaziri o‘rinbosari, Xalq ta’limi vaziri sifatida ishlagan (2004-2008 yillar), keyinroq 2008-2011 yillarda Surxondaryo viloyatida hokim bo‘lgan.

Joriy yilning aprel oyida Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokim lavozimiga tayinlangandi.

Jo‘rayev 12-iyun kuni sobiq hokim Himmat Oqbo‘tayev o‘rniga Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0