Mirziyoyev Hasan Ruhoniyga ta’ziya bildirdi

© POURIA PAKIZEH / ISNA / AFPZemletrasenie v Irane
Zemletrasenie v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron-Iroq chegarasida yuz bergan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 2,5 ming nafarga yetdi

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston
Eron-Iroq chegarasida kuchli zilzila ro‘y berdi, 141 nafar eronliklar halok bo‘lishdi
"O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Karmonshoh va Ilom viloyatlarida kuchli zilzila natijasida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi", — deyiladi xabarda.

Eron-Iroq bilan chegarasida ro‘y bergan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 2,5 ming nafarga yetdi. Kamida 210 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tez yordam rahbari Pir Husayn Kulivand mahalliy telekanallarga xabar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 12-noyabr, yakshanba kuni kechqurun kuni Eron-Iroq chegarasida 7,2 ballli zilzila yuz berdi. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashganligi xabar qilinmoqda.

Qizil yarimoy jamiyati xabariga ko‘ra, 70 mingga yaqin kishi boshpanasiz qolgan. Ular uchun ayni vaqtda palatkalar qo‘yilmoqda. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy barcha jabrlanganlarga zudlik bilan kerakli yorlamni ko‘rsatish bo‘yicha buyruq bergan. Eron IIV rahbari esa falokat oqibatida vujudga kelgan masalalarga yechim topish bo‘yicha favqulodda kengash chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0