Eron-Iroq chegarasida kuchli zilzila ro‘y berdi, 141 nafar eronliklar halok bo‘lishdi

© Sputnik / Nataliya Shmakova / Mediabankka o‘tishzemletrasenie
zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zilzila 12-noyabr kuni Eron-Iroq chegarasida qayd etilgan. Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 7,2ni tashkil etgan

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Eronda ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lgan insonlar soni 141 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Ilgariroq 129 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.

Zilzila 12-noyabr kuni Eron-Iroq chegarasida qayd etilgan. Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 7,2ga teng bo‘lgan.

Iroqda zilzila qurbonlari soni 6 kishiga yetgan, ilgariroq 4 kishi haqida ma’lumot berilgan edi.

Zilziladan keyin 12 ta aftershok bo‘lgani qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i Iroqning Sulaymoniya shahridan 103 km uzoqlida joylashgan bo‘lgan.

Qizil yarimoy jamiyati 70 mingga yaqin eronliklar boshpanasiz qolgani, ularga vaqtinchalik turar joylar kerakligi haqida xabar qilmoqda. Eron hukumati jabrlanganlarga barcha zarur yordam choralarini ko‘rsatishga kirishgan. Xususan, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat Ichki ishlar vazirligiga mamlakatning g‘arbiy hududlarida zilziladan jabr ko‘rgan aholining barcha ehtiyojlarini tezroq qondirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Fojia hududida qutqaruv-qidiruv operatsiyasi olib borilmoqda. Fojiadan jabr ko‘rgan hududlarda dala gospitallari yo‘lga qo‘yilgan, odamlar oziq-ovqat, issiq kiyim, yoqilg‘i bilan ta’minlanmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0