TOShKENT, 11 noya – Sputnik. 12-15-noyabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Ispaniya Qirolligida bo‘ladi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Tashrif dasturiga binoan Ispaniya Senati, Tashqi ishlar va hamkorlik vazirligi, Iqtisodiyot, sanoat va raqobat vazirligi hamda Savdo palatasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkaziladi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston-Ispaniya biznes-forumida va boshqa birgalikdagi tadbirlarda ishtirok etadi va qirollikning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.
Tashrif doirasida iqtisodiyot, sanoat va transport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.